Shaxsiy strategiya
Profilingiz, budjetingiz va maqsadlaringizga mos reja tuzamiz.
Biz yoshlarning orzularini dunyoning ilg‘or universitetlari bilan bog‘laymiz. Ular zamonaviy bilim va xalqaro tajriba bilan Vatanga qaytib, O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi uchun ishonchli ko‘prik bo‘lamiz.
IlmBridge Match · Beta
GPA, IELTS, yo‘nalish va budjetingizni kiriting — IlmBridge algoritmi tekshirilgan bazadan shaxsiy ro‘yxat tayyorlaydi.
Nega IlmBridge?
IlmBridge asoschilari xorijiy ta’limning barcha bosqichlarini — hujjat tayyorlashdan viza olishgacha — shaxsan bosib o‘tgan. Bizning maqsadimiz shunchaki universitet tanlashga yordam berish emas, balki sizni qiziqishlaringizga mos va kelajakda talab yuqori bo‘ladigan kasb sari yo‘naltirib, bilim orqali yurt ravnaqiga hissa qo‘shishingizga ko‘maklashishdir.
Profilingiz, budjetingiz va maqsadlaringizga mos reja tuzamiz.
Talablar, stipendiyalar va deadline’larni rasmiy manbalardan tekshiramiz.
Tahlildan ariza, qabul va viza tayyorgarligigacha yoningizdamiz.
Ta’lim bosqichlari
Maktab bitiruvchilari uchun universitet, grant, essay, ariza va viza bo‘yicha yordam.
Bachelor rejasini boshlashDastur va grant tanlash, Academic CV, SOP, tavsiyanoma va ariza bo‘yicha yordam.
Master rejasini boshlashSupervisor qidirish, professorlarga email, research proposal va grant arizalari.
PhD rejasini boshlashQanday ishlaymiz
Maqsad va qiziqishlaringizni aniqlaymiz.
CV’ingizni tahlil qilib, kuchli tomonlaringiz va rivojlantirish zarur bo‘lgan jihatlarni aniqlaymiz.
Qiziqishlaringiz va profilingizga mos universitetlar ro‘yxatini tuzamiz hamda hujjat topshirish muddatlarini tekshiramiz.
Har bir universitet talablariga muvofiq hujjatlaringizni tayyorlaymiz.
Tanlangan universitetlarga hujjatlaringizni sizning tasdig‘ingiz bilan topshiramiz.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Yo‘q. Yakuniy qarorni universitet yoki grant tashkiloti qabul qiladi. Biz profilingizni real baholash va kuchli ariza tayyorlashga yordam beramiz.
Odatda o‘qish boshlanishidan 9–12 oy oldin. To‘liq stipendiyalar uchun yanada ertaroq boshlash tavsiya etiladi.
Universitet va dasturga bog‘liq. Ayrim universitetlar MOI xati, boshqa sertifikat yoki conditional admission’ni qabul qiladi.
Ha. Profilingizni tahlil qilib, sizga mos real universitetlar va alternativ yo‘llarni aniqlaymiz.
Qisqa forma orqali profilingizni yuboring — keyingi qadamlarni birga belgilaymiz.